Jomboy tumani Taldirazzoq mahallasida tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Tadbirda asosan, yoshlar ishtirok etgani e’tiborga molik. Jumladan, T.Lapasov hamda A.Obidov dehqonchilik qilish istagida ekani bildirdi. Ushbu yoshlarga g‘alladan bo‘shagan maydonlardan takroriy ekin uchun yer ajratilishi belgilandi.
Shuningdek, G.Bahromova o‘zini “Yoshlar daftari”ga kiritishni, Z.Obloberdiyeva hududda internet sifatini yaxshilashda amaliy yordam so‘ragan. Ushbu murojaatlar ham ijobiy yechim topadigan bo‘ldi.